FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining 2025–2026 o‘quv yiliga mo‘ljallangan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik rejasiga muvofiq, vazirlik yong‘in nazorati boshqaruv organlari mansabdor shaxslari ishtirokida Sharqiy harbiy okrug Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda o‘quv-uslubiy yig‘in tashkil etildi.
Yig‘in davomida 2025-yilda nazorat ob’ektlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalari muhokama qilinib, yong‘in xavfsizligi holati tahlil etildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
Shuningdek, yong‘in nazorati organlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, harbiy qism va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga oid dolzarb mavzularda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Qo‘shinlarda yong‘in xavfsizligini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashildi.
[gallery-27638]
Yig‘in yakunida harbiy ob’ektlarda joriy yilning birinchi yarmida yong‘in nazoratini samarali tashkil etishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tadbir doirasida qo‘shinlar ixtiyoriga berilgan zamonaviy yong‘in o‘chirish avtomobillarining texnik imkoniyatlari va afzalliklari yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA