Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘in va texnika xavfsizligi – xotirjam hayot kafolati
11:17 / 2025-08-18

Texnika xavfsizligigiga rioya etilmagani va yoz ob-havosining issiq kelgani avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida noxush holatlarni yuzaga keltirgani qayd etilmoqda.

Surxondaryo viloyatida bunday ko‘ngilni xira qiladigan hodisalarning barvaqt oldini olish uchun tuman hokimlari–¬  fuqaro muhofazasi boshliqlari rahbarligidagi guruhlar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga amal qilinishini o‘rganib, tegishli chora-tadbirlar belgilamoqda.

Termiz tumanida boshlangan tadbirda tuman hokimi – fuqaro muhofazasi boshlig‘i Shuhrat Nazarov sohaga mutasaddi idora va tashkilotlar mas’ullari bilan hududlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mavjud holatlarni ko‘zdan kechirdi.

Ayni paytda Termiz tumanida o‘ttizga yaqin yoqilg‘i quyish shoxobchasi xizmat ko‘rsatmoqda. O‘rganishlar chog‘ida ayrim shoxobchalarda yong‘in va texnika xavfsizligiga rioya etilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani aniqlanib, ularni zudlik bilan bartaraf etish topshirildi. Tadbirkorlarga texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qatiy amal qilish yuzasidan yo‘riqnomalar berilib, taklif va tavsiyalar bildirildi.

Viloyatdagi barcha turdagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida o‘rganish ishlari davom etmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri