Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘in sodir bo‘lganda siz nima qilasiz
12:47 / 2020-11-16

Jizzax shahridagi “Uzbekistan grand hotel” mehmonxonasida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda aholini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish maqsadida tashkil etilgan maxsus-taktik o‘quv mashqida turli xizmatlarning 100 dan ortiq xodimi, 10 dan ortiq maxsus texnikasi ishtirok etdi.

Jizzax viloyati favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash boshqarmalari, gaz ta’minoti va elektr tarmoqlari korxonalari hamkorligida tashkil etilgan yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashqidan ko‘zlangan maqsad ham fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yong‘in yoki boshqa noxush holatlarda sohaviy xizmat xodimlarining birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirishga qaratildi.

Maxsus-taktik o‘quv mashqi davomida shartli ravishda mehmonxonada yong‘in kelib chiqqanda mijozlar va mehmonxona xodimlarini evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Mehmonxonaning barcha qavatlaridagi hamda asosiy tashqariga chiqish-qutqarish yo‘llari ko‘rsatkichlar bilan jihozlandi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmon qutilari to‘liq holga keltirildi. Mas’ul shaxslarga qo‘shimcha yo‘riqnoma va ko‘rsatmalar berildi.  

Yong‘in xavfsizligi qoidalarini targ‘ib qilish, odamlarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida bunday o‘quv mashg‘ulotlari shaharning yirik korxonalarida, gavjum savdo markazlarida ham tashkil etilmoqda.

T. BEKNAZAROV, O‘zA