Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi
08:27 / 2022-10-05

Samarqand shahri mezbonlik qilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XVII, ayollar o‘rtasida VIII jahon chempionati nihoyasiga yetdi.

To‘rt kun davom etgan musobaqada ishtirokchilar ishg‘ol qilish narvonida ikkinchi va to‘rtinchi qavatga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, yong‘in o‘chirish estafetasi, jangavor yoyilish yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdi. 

Chempionat yakuniy natijalariga ko‘ra, erkaklar jamoalari o‘rtasida Belarus terma jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikinchi o‘rin Rossiya, uchinchi o‘rin esa O‘zbekiston terma jamoalariga nasib etdi.Ayollar o‘rtasidagi bahslarda rossiyaliklar sportchilar tengsiz bo‘ldi. Belarus va Qozog‘iston terma jamoalari keyingi sovrinli o‘rinlarni egalladi. 

Chemponat yakunida g‘oliblar va ularning murabbiylari musobaqa tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar Samarqanddagi tarixiy obidalar va boshqa diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.
 

G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA