FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi xizmatlar tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami oldidan yong‘in o‘chirish amaliy taktik mashg‘uloti tashkil etildi.
O‘quv mashqi sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni jangovar shayligini tekshirish hamda bunday vaziyatlarda ularning to‘g‘ri harakat qilishni ta’minlash, shuningdek, amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadiga qaratilgan.
Ushbu o‘quv mashg‘uloti yakuni bo‘yicha viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan mashg‘ulotda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida ushbu xatolarni takrorlamaslik yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish ishlari olib borildi.
[gallery-22293]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA