Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yongʻin xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolari
23:35 / 2019-11-29

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida “Yongʻin xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolari va sohada innovatsion texnologiyalarning oʻrni” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi institutida “Yongʻin xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolari va sohada innovatsion texnologiyalarning oʻrni” mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish, Favqulodda vaziyatlar, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirliklari, Ichki ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ittifoqi, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar, iqtidorli talabalar, kursantlar ishtirok etgan ilmiy-amaliy anjumandan koʻzlangan maqsad respublikamizda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, mavjud muammolar, ularning yechimi va yongʻinga qarshi muhofazani takomillashtirish, oʻzaro hamkorlikni yaxshilash, tajriba almashish, oʻtkazilgan muhokama natijalarini kelgusida oʻquv jarayoniga tatbiq qilishdir.

Anjumanda kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari, barcha turdagi taʼlim muassasalari hamda aholi koʻp yigʻiladigan maskanlarda favqulodda vaziyatlar va yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasidagi muhim masalalar bilan birga yongʻinga qarshi muhofaza tizimidagi yangicha zamonaviy yondashuvlar va sohaga oid ilm-fan yutuqlari xususida fikr almashildi.

Shuningdek, mamlakatimizda yongʻin xavfsizligini taʼminlashdagi mavjud muammolar, ularning yechimi va yongʻinga qarshi muhofazani takomillashtirish, shu bilan birga yongʻinlar profilaktikasi samaradorligini oshirish, sohaga yangi innovatsion texnologiyalarni qoʻllash amaliyotini yanada kuchaytirish, ilgʻor xorijiy tajriba va ishlanmalar hamda texnologiyalar asosida yongʻin xavfsizligi sohasini jadal innovatsion rivojlantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etish hamda yongʻin xavfsizligi sohasida olib borilayotgan islohotlar natijalariga qaratilgan masalalar muhokama etildi.

Anjuman doirasida yosh olimlar, professor-oʻqituvchilar va kursantlar tomonidan yaratilgan ixtirolar, innovatsion ishlanmalarning namoyishi hamda yetakchi nashriyotlar tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbir soʻnggida anjumanda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.