French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yongʻin xavfsizligi normalarini buzgan 60 ga yaqin mehmonxona yopildi
14:27 / 2019-02-19

Dehli maʼmuriyati poytaxtning eng mashhur turistik mavzelaridan biri Karol-Bagx hududida joylashgan 58 mehmonxona va mehmon uylarini yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun yopib qoʻydi, deb xabar bergan Shillong Times gazetasi shaharning tezkor xizmati manbasiga tayanib.

Nashrning maʼlumotlariga koʻra, 17 kishining umriga zomin boʻlgan “Arpit Palace“ mehmonxonasida sodir boʻlgan kuchli yongʻindan soʻng 80 dan oshiq mehmonxonada nazorat oʻtkazilgan.

“Arpit Palace“ mehmonxonasida 12 fevralning erta tongida – 150 nafar mijoz hali uyquda boʻlgan bir vaqtda yongʻin sodir boʻlgan. Vafot etganlar orasida chet el fuqarolari ham boʻlgan.

Mehmonxona egalaridan biri Rakesh Goyal voqea sodir boʻlgan paytda Qatarda boʻlgan. Hindistonga qaytgan zahoti politsiya tomonidan hibsga olingan. Uning ukasi hamda biznes hamkori Shardendu Goyal qochishga muvaffaq boʻlgan. Hozirgi kunda politsiya tomonidan qidirilmoqda. 

Politsiya mehmonxona sohiblari boʻynida katta miqdorda qarzdorlik mavjudligini aniqlagan. Bu esa yongʻin sugʻurta badalini qoʻlga kiritish maqsadida qasddan uyushtirilgan degan gumonni keltirib chiqarmoqda.