English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yomg‘ir suvlarini to‘plash tashabbusi qachon amalga oshadi? (+video)
17:41 / 2026-01-17

Ekologik partiya fraksiyasi qonunchilikka ko‘p qavatli uylarni qurishda yomg‘ir suvlarini to‘plab foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha normani kiritishni taklif etmoqda.

O‘zbekiston Ekologik partiyasining Saylovoldi dasturida hamda 2025 yilgi Davlat dasturida yomg‘ir suvlarini to‘plash va undan samarali foydalanish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Ushbu tashabbus ilgari surilganiga 1 yildan oshdi. Xo‘sh, yomg‘ir suvlaridan foydalanish tashabbusi amaliyotga tatbiq etildimi? Bu borada qanday choralar ko‘rilmoqda? 

O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida jurnalistlarning bu boradagi savoliga partiya yetakchisi Abdushukur Hamzayev javob berdi.

Partiya fraksiyasi rahbarining ma’lum qilishicha, 1 metr kvadrat tom sathidan 186 litr suvni yig‘ib olish mumkin. Yomg‘ir suvini esa ichishdan boshqa hamma maqsadlarda ishlatish imkoni bor. 

Bugungi kunda Dehqonobod tumanidagi bir qator qishloqlarda yomg‘ir suvini yig‘ish va undan foydalanish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 

Fraksiya tomonidan qonunchilikka ham ko‘p qavatli uylarni qurishda yomg‘ir suvlarini to‘plab foydalanish imkoniyatlarini yaratish bo‘yicha normani kiritish taklifi ilgari surilgan. 

Toshkent va Samarqand shaharlarida ham yomg‘ir suvlarini yig‘ib, texnik maqsadlarda ishlatish imkoniyatlari mavjud. Partiya tomonidan bu boradagi taklif tegishli idoralarga taqdim etilgan. 

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/DVjQlbiCRJA" title="Yomg`ir suvlarini to`plash tashabbusi qachon amalga oshadi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA