Oldimizda kutib turgan yog‘in-sochinli va sovuq kunlar kommunal xizmat ko‘rsatish, qurilish va yo‘lsozlik sohalaridan katta mas’uliyat va mashaqqatli mehnatni taqozo etadi.
Ayni damda 2024 – 2025 yilgi kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi korxonalar tomonidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Barcha tumanlarning avtomobil yo‘llarida doimiy saqlash ishlarini olib borish uchun qum-tuz zaxirasini yaratish ham qizg‘in kechmoqda.

Xususan, boshqarma hamda tizim korxonalarida joriy mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hozirda Namangan viloyati bo‘yicha 1 ming 630 tonna tuz, 6 ming 800 metr kub (m3) qum va 1 ming 770 (m3) qum-tuz aralashmasi zaxira qilindi.
– Kuz-qish mavsumiga tadorik ko‘rish ishlarini sifatli olib borish hamda mavsumni betalafot o‘tkazish maqsadida viloyat bo‘yicha qum-tuz zaxiralari bilan birgalikda texnikalarni ham hozirlashga e’tibor qaratgan, – deydi Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Nurmatov. – Xususan, viloyat bo‘yicha jami 114 ta texnikani mavsumga shay holda. Shundan 23 ta qum sepish va qor tozalash mashinasi, 15 ta avtogreyder, 62 ta yuk avtomobili va bu texnikalarga 36 tonna dizel, ikki tonnadan ziyod benzin yoqilg‘isi zaxira qilingan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Namangan viloyatida jami 14 ming 20 kilometr yo‘l mavjud, shundan, 10 ming 634 kilometri ichki xo‘jalik va 3 ming 386 kilometri umum-foydalanuvdagi yo‘llar hissasiga to‘g‘ri keladi. Namangan viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufida esa 3 ming 386 kilometr yo‘l bo‘lib, shu jumladan, xalqaro ahamiyatdagi 78 kilometr, 1 ming 48 kilometr davlat ahamiyatidagi, 2 ming 260 kilometri mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar hisoblanadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.