Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘lovchilarning janjali sabab samolet majburiy qo‘nishni amalga oshirdi
17:43 / 2023-10-31

Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan samolet Toshkentda shoshilinch ravishda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

“Uzbekistan Airports” maʼlumotlariga koʻra,  Germaniyaning “Lufthansa” aviakompaniyasining  “LH729” yoʻlovchi reysi ikki nafar yoʻlovchining janjali sabab “Toshkent” xalqaro aeroportining zaxiradagi aerodromiga qoʻndirildi. Ekipaj samolyot trapi yoniga militsiya naryadi kelishini soʻragan.    

Bortida 206 nafar yoʻlovchisi boʻlgan 747-800 Boeing samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 17:32 da majburiy qoʻnishni amalga oshirdi. Vaziyat muvaffaqiyatli yakun topdi. Janjal koʻtargan  yoʻlovchilar reysdan tushirildi. Havo kemasi soat 20:36 da Toshkentdan belgilangan manzili tomon uchib ketdi.    

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA