Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘lovchi tashish faoliyati qonuniyligini ta’minlash e’tiborda
17:54 / 2024-03-26

FOTOREPORTAJ

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Termiz shahrida nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 

Navbatdagi reyd tadbirida ham huquqbuzarliklarning oldini olish, haydovchi va yo‘lovchilarda harakatlanish mas’uliyatini oshirish maqsadlariga e’tibor qaratildi. 

Tadbirda haydovchilarning tibbiy ko‘rigi hamda ular boshqaruvidagi avtoulovning har bir qatnovga chiqish oldidan texnik ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash ayni zarurat ekaniga urg‘u berildi.

[gallery-16607]

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA