Suvning har qatrasi zarga teng, deydi xalqimiz. Bu so‘zlarning, ayniqsa, bugun qadr-qimmati yanada ortgan. Suvning har bir qatrasini asrash kundalik tutumimizga aylanmog‘i kerak. Toki biz foydalanayotgan ushbu ne’matdan kelajak avlod ham bahramand bo‘lmog‘i shart.
Afsuski, bu haqiqatni anglamagan va his qilmayotgan insonlar yo‘q emas. Ana shundaylar bois suv isrofgarchiligi bilan bog‘liq holatlar hamon kuzatilmoqda.
Termiz shahrida yashil hududlar noto‘g‘ri sug‘orilayotganiga oxirgi paytlar tez-tez guvoh bo‘layotganimiz buning isboti.
[gallery-13746]
Ushbu tasvirlarda ko‘rib turganingizdek, sug‘orish uchun sarf etilayotgan suvning ko‘p qismi yashil hudud qolib, piyodalar yo‘lagi va qatnov yo‘lning yarmigacha bo‘lgan qismlariga sepilmoqda. Suv behuda isrof bo‘lmoqda. Qolaversa, mazkur holat piyodalarga ham, yo‘lda harakatlanayotgan avtomobillarga ham xalal beryapti.
Ayni suratlar Termiz shahrining markaziy ko‘chalarida olingan. Mas’ullardan javob va muammoning zudlik bilan bartaraf etilishini kutib qolamiz. Chunki suv tanqisligi muammosi tobora dolzarb bo‘lib borayotgan bir paytda yo‘llarni “sug‘orish” shunchaki ko‘z yumib o‘tadigan holat emas.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2Co4anwUZ7Q" title="Yo‘llarni “sug‘orish” nega kerak?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jonibek Qo‘zimurodov (surat, video), O‘zA