Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llarimiz ravon va yanada obod bo‘ladi
16:49 / 2024-02-20

Aks-sado

Prezidentimiz joriy yil 15-16 fevral kunlari Andijon viloyatiga tashrifi doirasida Xonobod shahrida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Andijonda 4,5 ming kilometr yangi yo‘llar qurish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilinganligi, shuningdek, mavjud 700 kilometr yo‘l bo‘yini 10 yilgacha aholiga bo‘lib berib, daraxt ekish zarurligini alohida ta’kidladi. Bu boradagi ishlarni samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi. 

Har bir hududning qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlovchi jihat o‘sha go‘shaning yo‘llari hisoblanadi. Keyingi yillarda viloyatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi yo‘llar qurish, mavjud yo‘llarni ta’mirlash borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. 

Ayni kunda Andijon viloyatida 13 ming 346 kilometr avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan 2 ming 463 kilometri umumiy foydalanishdagi avtomobil, 10 ming 883 kilometri ichki yo‘llarni tashkil etadi. Ana shu yo‘llarning holati va sifatini yaxshilash borasida zarur ishlar olib borilmoqda. 

Birgina o‘tgan 2023 yilda viloyatda 1 ming 628,9 kilometr yo‘l ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, ichki yo‘llarning 1 ming 52,2 kilometriga asfalt, 84,3 kilometriga sement-beton qoplamasi, 78,8 kilometriga shag‘al yotqizildi. Umuman, o‘tgan yili yo‘llar qurish, ta’mirlash borasidagi ishlar 2022 yilga nisbatan 2,5 barobarga ortgan. 

Biz yo‘lsozlar tashrif doirasida davlatimiz rahbari tomonidan viloyatimizdagi mavjud yo‘llar holati va infratuzilmasini yaxshilash, aholi va transport vositalarining erkin harakatlanishi uchun qulayliklar yaratish, yangi-yangi yo‘llar qurish bo‘yicha belgilab berilgan ishlarni amalga oshirish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. 

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar samarasida viloyatimiz yo‘llari keng, ravon va yanada obod bo‘ladi. 

Mirzohidjon Nurmatov, 

Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i. 

O‘zA