Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llarga 6 ming 405 dona qo‘shimcha yangi yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan
15:51 / 2023-08-28

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ishtirokida brifing tashkil etildi.

Unda qayd etilishicha, bugungi kunda 42 ming 869 kilometr uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, 7 ming 229 dona ko‘prik inshootlari, 10 ming 101 dona avtobus bekati, 277 ming 918 dona yo‘l belgilari mavjud.  

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi joriy yil davomida 517 km piyodalar yo‘lagida ta’mirlash ishlarini bajardi. 26 ming 112 dona eskirgan yo‘l belgilari yangisiga almashtirilgan, 6 ming 405 dona qo‘shimcha yangi yo‘l belgilari va yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. 14 ming 493 km yo‘l yotiq chiziqlari va 1 ming 923 ta piyodalar o‘tish joylarida yotiq chiziqlar chizilgan.  

Mutaxassisning ta’kidlashicha, sel va toshqinlar doimiy ravishda kuzatiladigan hududlardagi avtomobil yo‘llarida joylashgan ko‘priklar va quvurlarda suv o‘tkazuvchanligini yaxshilash maqsadida tozalash ishlari amalga oshirilgan. Respublikaning tog‘li hududlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llariga qulash xavfi bo‘lgan tog‘ jinslari va tuproqlarni olib tashlash ishlari davom etmoqda.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘lamini kengaytirish maqsadida “Obodonlashtirish oyligi” bo‘yicha Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan aniq chora-tadbirlar belgilab olingan.  

Yo‘l va yo‘l inshootlari hududlarini obodonlashtirish ishlari yuzasidan 350 dan ortiq brigadalar tashkil qilinib, 10 ming  500 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan. Brigadalar har-bir hududning joylashuv o‘rni, ish hajmi va hududlarning maydonidan kelib chiqib tashkil qilingan.  

Belgilangan talabga ko‘ra, yul qoplamasi butun yil davomida mustahkam bo‘lishi, avtomobillar harakatlanganida tushadigan dinamik yuklamaga qarshi tura olishi, tekis bo‘lishi, sirpanchiq bo‘lmasligi zarur.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA