Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash inson hayotini asrash demakdir
12:42 / 2025-10-25

25 – oktyabr – Ichki ishlar xodimlari kuni. Mazkur sana Jizzax viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari uchun nafaqat bayram, balki mas’uliyatni yanada teran his etish, xizmatni tahlil qilish, erishilgan yutuqlarni baholash, mavjud muammolar ustida fikr yuritish kuni hamdir.

– Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda faqat jarima solish yoki qoidabuzarliklarni aniqlash bilan cheklanib qolinmaydi, bu – butun jamiyat xavfsizligiga daxldor masala, – deydi  boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Alimahammat Saydahmatov. – Shu bois, profilaktik tadbirlarga, aholi bilan jonli muloqotlar  va infratuzilmani yaxshilashga alohida e’tibor qaratayapmiz. Joriy yilda mahallalarda, ta’lim muassasalarida, avtokorxonalarda ko‘plab suhbatlar o‘tkazdik.  Ko‘chalarga yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi, svetoforlar yangilandi, piyodalar va veloyo‘laklar kengaytirildi.

Yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash  inson hayotini asrash deganidir. Yil boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar buning yorqin ifodasidir: 450 ta avtokorxonada, 580 ta ta’lim muassasasi va 350 ta mahallada profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. 1282 ta yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi, 400 ming kvadrat metr yo‘l chiziqlari yangilandi.

– Har bir haydovchi bilan muloqot – bu biz uchun tarbiya, tushuntirish, ogohlantirish imkoni, biz qonunni o‘qitmaymiz, uni his qildirishga harakat qilamiz, – deydi YHXB katta inspektori, katta leytenant Abbos Dadashov. – Joriy yilda  “Diqqat piyoda” reydlarini 32 marta tashkil etdik, o‘nlab jonli uchrashuvlarda ishtirok etdik. Maqsadimiz – har bir qoidabuzarlik ortida inson hayoti turishi mumkinligini unutmaslik kerakligini anglatishdan iborat. Chunki inson hayoti barcha narsadan ustun.

Mavsumiy tadbirlar davrida ham xizmat uzluksiz davom etadi. G‘alla va paxta yig‘im-terimi paytida viloyat bo‘ylab yuzlab texnikalar harakatda bo‘ladi. Ular texnik ko‘rikdan, haydovchilar esa tibbiy nazoratdan o‘tkaziladi.

– Axborot – juda katta, qudratli kuch. Biz ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali  qonunchilikdagi yangiliklar, harakat xavfsizligi haqidagi ma’lumotlarni keng ko‘lamda tarqatishga harakat qilyapmiz. Shuningdek, xodimlarimizning ma’naviy yetukligiga ham jiddiy e’tibor qaratayapmiz. Ular uchun ziyoratgohlarga sayohatlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, muloqot va  treninglar uyushtirmoqdamiz, – deydi YHXX axborot guruhi mutaxassisi Sabohat Davlatova.

Bu sa’y-harakatlar natijasida jizzaxlik inspektorlar nafaqat yo‘llarda, balki odamlar bilan muloqotda, muammoni joyida hal etish va ijtimoiy faollikda ham  namuna bo‘lishmoqda.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA