Anomal sovuq kunlarni va umuman qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi nazoratida avtomobil yo‘llari, ichki yo‘llar va piyodalar yo‘lakchalarida qor va muzlamalardan tozalash ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda yo‘llarga qum va tuz sepilib, hududdagi 155 ta ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari va uylar oldidagi yo‘llar qordan tozalanyapti.

Shuningdek, tuman IIBda tashkil etilgan “Tezkor shtab”ga kelib tushayotgan murojaatlar ishchi guruhlari tomonidan qisqa fursatlarda hal etilayotganini ham alohida ta’kidlash lozim.
Sharof Rashidov va G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo‘lida va boshqa yo‘llarda haydovchilardan ob-havo va yo‘l holatini inobatga olib, tuman IIB YHX bo‘limi xodimlari tomonidan ovoz kuchaytirgichlar yordamida ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlari, fuqarolardan shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik, jamoat trasnportida yurishlari muntazam ravishda so‘rab turilibdi.

bugungi anomal sovuq va noqulay ob-havo kunlarida tuman aholisining hamda avtotrasport vositalarining yo‘llarda xavfsiz harakatlanishi maqsadida tuman obodonlashtirish boshqarmasining fidoiy, jonkuyar ishchi xodimlari tomonidan ehtiyotkorlik choralari ko‘rilyapti.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, tuman IIB xodimlari nazorati ostida tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari maxsus texnikalarda tumanning asosiy avtomobil qatnov yo‘llariga qum-tuz aralashmalarini muntazam ravishda sepib chiqmoqda.

Jonkuyar mutasaddilar tomonidan yo‘llar nazoratga olingan bo‘lib, xodimlarning navbatchilik guruhlari tashkil etilgan.
Viloyat IIB mas’ullari qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha Sharof Rashidov tumani shtabida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan mavsumiy ishlar va shtab faoliyatiga qoniqarli baho berganini ham ta’kidlash joiz.
Sharof Rashidov tumani hokimi Mahmud Xolbo‘tayev qish masumi va anomal sovuq kunlarda “Tezkor shtab” hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, o‘z kasbining fidoiylariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/zQ7FtHI4XvQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>A.QAYUMOV,
O‘zA