Jizzax viloyati shahar va tumanlarida yo‘llarni ta’mirlash va yo‘l belgilarini tartibga solish ishlari tungi vaqtda amalga oshirilmoqda. Bu aholiga o‘ziga xos qulaylik yaratmoqda. Ya’ni fuqarolarning ish, o‘qish, bozor-o‘char yoki kasalxonaga borishlariga xalaqit bermaslik, shuningdek, tirbandliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Viloyatning Do‘stlik tumani markazidagi 24/7 ko‘chasidagi asfaltlash ishlari ham tungi vaqtda amalga oshirilmoqda. Tuman markazida aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy shahar muhitini yaratish, infratuzilmani tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar nafaqat shahar ko‘rinishini o‘zgartirmoqda, balki xalqimiz hayotida ham ijobiy burilish yasamoqda.


Do‘stlik shaharchasini Mevazor mahallasi bilan bog‘lovchi “Do‘stlik” ko‘chasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotgani shular jumlasidandir. Zamonaviy talablarga javob beradigan holatda kengaytirilayotgan mazkur ko‘cha aholining kundalik harakatini yengillashtiradi. Bugungi kunda ko‘chada asfaltlash ishlari tungi vaqtda jadal suratlarda davom ettirilmoqda. Asfalt to‘shash bilan birga piyodalar uchun yo‘lakchalar, yoritish tizimlari, obodonlashtirish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmalari ham yangilanmoqda.


E’tiborlisi shundaki, yo‘l ta’mirlash ishlarining tungi vaqtda amalga oshirilishi aholi va transport vositalarining harakatlanishida tirbandlik, soatlab kutib qolish kabi muammolar yuzaga kelmaydi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/MIDIQL-K6nw?si=-WO5Vz3h1fbj6brn" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov,
J.Yorbekov suratlari, O‘zA