Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llar ta’mirlanmoqda
15:26 / 2024-05-31

Har bir hududning qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlovchi jihatlardan biri yo‘llardir. Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M34 “Toshkent – Dushanbe” avtomobil yo‘li ham eng serqatnov yo‘l sanaladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamda uning tarkibidagi korxonalar tomonidan avtomobil yo‘llarini ta’mirlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.  

Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi tasarrufida jami 217 kilometr yo‘l bo‘lib, shundan 52 kilometrini xalqaro ahamiyatga molik, 50 kilometrini davlat ahamiyatidagi, 115 kilometrini esa mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari tashkil etadi.  

– Ayni paytda xalqaro ahamiyatga ega M34 “Toshkent – Dushanbe” avtomobil yo‘lining 96 – 97-kilometri oralig‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda, – deydi Sirdaryo tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi direktori Sardor G‘oyipov. – Ta’kidlash kerakki, ta’mirlash jarayonlariga 12 ta maxsus texnika va 6 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan.  

Darhaqiqat, tekis va ravon yo‘llar xalqimizning uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdan tashqari, yurt farovonligini ta’minlashda muhim omildir.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri