Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘llar ta’mirlanmoqda
15:13 / 2023-02-27

Andijonda yo‘l qurish va ta’mirlash borasidagi ishlarni bajarishda zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish, yo‘llarning holatini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi hamkorligida Shahrixon tumanida tashkil etilgan tadbirda mutasaddi viloyat tashkilotlari, tuman, shahar yo‘llardan foydalanish unitar korxonalari rahbarlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Yo‘l qurish va ta’mirlash, yo‘llarning holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar, yutuq hamda muammolar xususida so‘z yuritildi.  

- Kuz-qish mavsumida qor va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lganligi bois, viloyatdagi aksariyat yo‘llar ta’mirtalab holatga kelib qolgan, - deydi Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Ibrohimjon Xolmatov. - bugungi kunda ana shunday yo‘llarni ta’mirlash ishlarini tez va sifatli amalga oshirish yo‘lsozlar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.  

Seminarda yo‘l qurish va ta’mirlash borasida belgilangan ishlarni bajarishda  zamonaviy texnika hamda texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, dasturlar asosida yo‘llarni tekislash, tosh-shag‘al, asfalt yotqizish, betonlash bilan bog‘liq qurilish,  mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirish muhim ekanligi ta’kidlandi. Mutaxassislar tomonidan ushbu ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan taklif, tavsiya, fikr va mulohazalar bildirildi.  

[gallery-10720]

Shuningdek, seminarda yo‘l belgilarini o‘rnatish, yo‘l yotiq chiziqlarini chizish, umuman, fuqarolarning hamda transport vositalarining erkin va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.  

Ana shu yo‘nalishdagi ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha  mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma, topshiriqlar berildi.  

F. UBAYDULLAEV,  

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA