Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo'llanma olishga haqli fuqaro ovora bo‘lmasligi lozim
14:01 / 2022-11-22

So‘nggi yillarda tibbiyot sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi keskin oshdi. Ehtiyojmand aholi uchun respublika tibbiyot markazlarida xizmat ko‘rsatishning ochiq va shaffof, yangi tizimi yo‘lga qo‘yildi. bugungi kunda ixtisoslashgan markazlarda bepul davolanadigan kasalliklar ro‘yxati shakllantirilib, tibbiy yordam uchun yo‘llanma haqiqiy ehtiyoji bor aholiga “elektron navbat” asosida berilish tartibi joriy etilgan.

Tegishli tartibga ko‘ra, bu tizimga asosan mablag‘lar markazga emas, balki davolanishi zarur bo‘lgan aniq bemorga ajratilishi ko‘zda tutilgan.  

Xo‘sh, qonunchilikka asosan kasalxonada bepul davolanish uchun yo‘llanma (order) olish maqsadida qayerga va qay tartibda murojaat qilish lozim?  

Huquqshunos Iroda Qahhorovaning so‘zlariga ko‘ra, tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi kerak. Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yo‘naltirish tegishli tartibda amalga oshiriladi.  

Xususan, yo‘llanma qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga hamda tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan  tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga beriladi. Shuningdek, yo‘llanma viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga ham beriladi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, bemor o‘ziga ko‘rsatilgan tibbiy xizmatdan qoniqmasa yoki bemordan asossiz ravishda shifoxonada shifokor pul talab qilsa, bemor yuqori turuvchi Sog‘liqni saqlash boshqarmalarining “Ishonch telefonlar”iga murojaat qilishi lozim. “Ishonch telefonlar”i har bir shifoxonada fuqarolarga ko‘rinarli joylarda osib qo‘yilgan.  

 

M.Toshqorayeva,  

O‘zA muxbiri