Yolg‘izlik — "yil muammosi"ga aylandi
Ko‘pchilik bu haqda kamroq o‘ylash uchun mutaxassislarga murojaat qilib, dori-darmonlardan najot topishga intilmoqda. Janubiy Koreya hukumati esa "hech kim yolg‘iz bo‘lmaydigan shahar" yaratish uchun 300 million dollardan ko‘proq mablag‘ ajratmoqchi.
Hukumat yolg‘izlik tufayli o‘sib borayotgan o‘lim holatlari sonini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu muammo butun mamlakatni qamrab oldi.
Ayni paytda statistika chindan ham tashvishli: 2024 yilda 30 yoshdan oshgan uylanmagan erkaklar soni 30 yil avvalga nisbatan besh barobarga oshgan. Ayollar o‘rtasida esa bu ko‘rsatkich sakkiz barobarga o‘sgan.
<iframe width="463" height="823" src="https://www.youtube.com/embed/8qj7Um2Z55o" title="Yolgʻizlik — “yil muammosi”ga aylandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdialiyeva, O‘zA