Yo‘l yaxshilansa, manzil yaqinlashadi
Yangi Namangan tumanidagi 4R-117 Shimoliy aylanma yo‘lida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda. Chortoq yo‘lining 29–35 km oralig‘ida lotoklar o‘rnatilib, yo‘l 6 polosali qilib kengaytirilmoqda, shuningdek, piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakchalar barpo etilmoqda.
Loyiha bosh pudratchi “Rovuston qurilish servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.
[gallery-27098]
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalliy aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l harakatini ta’minlash hamda tumanning transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbus sanaladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA