French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l xo‘jaligi sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda Germaniya kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
14:20 / 2024-06-04

O‘zbekiston yo‘l qurilishida asosan asfalt-beton qoplamadan foydalaniladi. Barcha yuklarning 95 foizi va yo‘lovchilarning 88 foizi avtomobil yo‘llarida tashiladi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida asfalt-beton qorishmalari ishlab chiqarish va yo‘l qurilishi bo‘yicha dunyoda yetakchilardan biri hisoblangan Germaniyaning “Papenburg” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Qayd etish lozimki, zamonaviy talablarni hisobga olingan holda yo‘llarni asta-sekin avtomobil o‘qlariga katta tonnalik yuklamali yo‘llarga o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda. Bu esa mustahkamlik xususiyatlarini sezilarli darajada oshirishni talab qiladi.  

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov va “Papenburg” qurilish kompaniyasi rahbari Gunter Papenburg muloqot davomida ikki davlat o‘rtasidagi yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan hamkorlik, nemis standartlari asosida yo‘l qurilishi materiallari ishlab chiqarish va yo‘l ishlarini bajarish bo‘yicha kelgusidagi rejalarni muhokama qildi.  

Shuningdek, O‘zbekistonda sohani yanada rivojlantirish ko‘p jihatdan yetuk kadrlar masalasiga bevosita bog‘liqligi inobatga olinib, masalaning yechimi sifatida yo‘l xo‘jaligi sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlab beradigan alohida o‘quv muassasasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishildi.  

Muzokaralar chog‘ida “Papenburg” kompaniyasi bilan hamkorlikda nemis o‘quv standartlari asosida malakali mutaxassislarni tayyorlash, bunda xalqaro ekspertlar kuchidan foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA