Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi
16:03 / 2024-03-14

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-202-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini 2024-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xarita”da:

innovatsion infratuzilma subyektlari tarmog‘ini shakllantirish orqali startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni tashkil etish;

innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish;

kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jadal rivojlantirishni ta’minlash;

yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni yaratishning g‘oyadan yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan kompleks tizimini ta’minlash orqali innovatsiyalarga bo‘lgan talabni rag‘batlantirish;

yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yo‘naltirish tizimini shakllantirish;

ta’limning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish o‘z aksini topgan.

Hukumat qaroriga muvofiq, vazirliklar va idoralar rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda shaxsan mas’ul hisoblanadi.

O‘zA