Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l-transport hodisasida yetkazilgan zararlar qanday undirilmoqda?
18:45 / 2022-08-08

IIV ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika hududida yiliga o‘rtacha 9˗10 ming yo‘l˗transport hodisalari sodir bo‘ladi. Ulardan ikki mingdan ortig‘ida insonlar halok bo‘lishi kuzatiladi.

Sud qarorlariga asosan, huquqbuzarlik yoki jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish esa Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi.

MIBning Jondor tumani bo‘limida Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman sudining ijro varaqasiga asosan, B.Rahimovdan ham yo‘l-transport hodisasiga ko‘ra qarzdorlik undirildi.

Ijro harakatlarida fuqaro A.Zokirov foydasiga 11 million 700 ming so‘m zarar undirish belgilangan.

Ammo, qarzdor berilgan ixtiyoriy muddatda qarzini qoplamagan, oqibatda qarzdorning mol-mulklari xatlandi va mulklari sotilishini anglagan B.Rahimov qarzdorlikni qoplab bergan. Shuni unutmaslik kerakki, vaqtida to‘lanmagan qarzdorliklar keyinroq, mol-mulklarni boy berishga olib kelishi mumkin.

Maftuna Karimova, O‘zA