Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l-transport hodisalari kamaymoqda
16:38 / 2025-05-05

Jizzax viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ishtirokchilari dastlab Jizzax viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Murodbek Sherliyevning boshqarma va uning joylardagi quyi tizimi shaxsiy tarkibi tomonidan joriy yilning o‘tgan shu davri mobaynida viloyat avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchi va piyodalarning intizomini yanada mustahkamlash, shaxsiy tarkibdagi xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotini diqqat bilan tinglashdi.

Ma’lumki, mamlakatimizda joriy yilning 15 aprelidan 15 may kuniga qadar “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda. Bu borada Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining barcha sohaviy xizmatlari va hamkor tashkilotlar bilan viloyat hududida ham yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida yo‘l-transport hodisalari o‘tgan 2024 yilga nisbatan 1,4 foizga yoki 70 tadan 69 taga, shundan o‘lim bilan bog‘liq hodisalar 24,1 foizga yoki 29 tadan 22 taga kamayganligi qayd etildi.  

Tizim xodimlari tomonidan shu kunga qadar 275 ming 988 nafar haydovchiga nisbatan qoidabuzarlik holatlari sodir etganligi uchun ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Jumladan, 26 ming 343 ta qo‘pol qoidabuzarlik, 290 ta transport vositasini mast holda boshqarish, 5984 holatda esa piyodalarning qoidabuzarligi aniqlangan.  

Qoidabuzar haydovchi va piyodalarga tuzilgan 81 ming 280 ta bayonnoma bo‘yicha 27 milliard 274 million 55 ming so‘mlik jarima jazosi tayinlash bo‘yicha qaror chiqarilgan bo‘lib, shundan 65 ming 189 ta bayonnomaning 90 foizi yoki 11 milliard 864 million 286 ming 889 so‘mi jarima sifatida undirilganligi alohida qayd etildi.

Viloyatda mavjud jami 222 dona kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi yordamida 193 ming 550 ta qoidabuzarlik aniqlangan, shulardan 125 ming 789 tasini belgilangan tezlikka amal qilmaslik, 67 ming 761 tasini boshqa turdagi qoidabuzarliklar tashkil etgan.

YHXB xodimlari ishtirokida jami 12 ta jinoyat fosh etilib, shundan 3 ta hujjatlarni qalbakilashtirish, 2 ta transport vositasini olib qochish, 7 ta giyohvand modda bilan bog‘liq jinoyatlar ekanligi aniqlangan. Shuningdek, YHXB xodimlari tomonidan 2 nafar rasmiy va 7 nafar norasmiy qidiruvdagi shaxs va 70 ta qidiruvga berilgan transport vositasining 44 tasi ushlanib, qidiruv ishlari bekor qilingan.

Muntazam YPX maskanlarida 6 ta holatda 190 million 250 ming so‘mlik noqonuniy tovar-moddiy boyliklarni tashish holatlari aniqlanganligini ham ta’kidlab o‘tish joiz.  

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha jami 54 marotaba, shundan 41 marotaba yo‘l idoralariga, 11 marotaba mahalliy hokimliklarga, 2 marotaba huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritilib, MJTKning 147-moddasi bo‘yicha 21 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan.

– Viloyat transport boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida qo‘shma reja asosida 221 marotaba reyd o‘tkazdik, – deydi Jizzax viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati rahbari, mayor Erkin Ochilov. – Ushbu tadbirimiz davomida yo‘lovchi tashishda belgilangan talablar bajarilmagan jami 1322 ta qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va qoidabuzarliklar bo‘yicha 1158 ta yo‘lovchi tashuvchi avtotransport vositalari jarima maydoniga joylashtirildi. 947 nafar haydovchidan tilxat olinib, aniqlangan holatlar yuzasidan 17 marotaba taqdimnoma kiritildi. 2 nafar rahbar va 17 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.  

[gallery-23179]

Matbuot anjumani ochiq va oshkora muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga Jizzax viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i va tizim mutasaddilari javob berishdi. O‘z navbatida anjuman ishtirokchilari tomonidan bildirilgan bir qator takliflar inobatga olinishi va amaliyotga joriy etilishi ta’kidlandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),

O‘zA