Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l tartibni yoqtiradi
14:42 / 2022-12-31

bugungi kunda yurtimizda qay bir sohada islohotlar amalga oshirilmasin, barchasi “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan. Albatta, eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, qadr-qimmatidir. Zero, har bir inson hayotidan, har bir kunidan rozi, mamnun bo‘lib yashashi kerak.

Xalqimizda, “Yo‘l qurgan savob”, degan naql bor. Aksariyat yurtdoshlarimiz, haydovchilar Navoiy viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarining tekis va ravonligini e’tirof etadi.  

bugungi kunda viloyatda jami avtomobil yo‘llari uzunligi 9474 kilometr bo‘lib, uning 4017 kilometri umumiy foydalanishdagi yo‘llar va 5457 kilolmetri ichki yo‘llar hisoblanadi.

Joriy yilda turli dasturlar doirasida 1156 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi.

– “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 22 ta mahalla va qishloqdagi 189,7 km ichki xo‘jalik yo‘llarida, jumladan, 41,7 km asfalt, 32 km sementbeton, 116 km shag‘allashtirish ishlari bajarildi, – deydi viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i Erkin Kamolov. – Shuningdek, “Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish dasturi”ga asosan 6 ta ob’ektda qurilish-montaj ishlari bajarildi va buning natijasida 3 ta ko‘prikda va 21 km uzunlikdagi avtomobil yo‘llarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash dasturi” doirasida esa 178 km uzunlikdagi yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, 1018 kmdan ortiq yo‘l yotiq chiziqlari chizildi va 3350 dona yangi yo‘l belgilari o‘rnatildi.

Yo‘l tartibni yoqtiradi, deyishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avtotransport vositalari tomonidan yo‘l transport hodisalarining sodir etilishi tahlil etilganida, aksariyati yo‘llarning notekisligi, haydovchilarning tezlikni oshirib, yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasliklari sabab qilib ko‘rsatilgan.  

Yurtimizda avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l harakati ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 12 iyulida Prezident qarori bilan “2022-2026 yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi qabul qilindi.  

– bugungi kunda viloyatda 2503 dona eskirib, ko‘rinishini yo‘qotgan yo‘l belgilari yangi yuqori nur qaytaruvchi yo‘l belgilariga almashtirilib, 2075 dona yangi yo‘l belgisi o‘rnatildi, – deydi viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Umid Adizov. – O‘quvchilarning maktabga qatnovida xavfsizligini ta’minlash maqsadida 143 ta umumta’lim maktabi joylashgan hudud ko‘chalariga harakat tezligini 30 km/soatga cheklovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi. 10 ta nuqtada esa piyodalar tomonidan boshqariladigan yarim avtomat svetoforlar o‘rnatilib, 0,4 km2 masofaga yo‘l yotiq chiziqlari chizildi. 33,4 km masofa sun’iy yoritilib, 12,5 km masofaga temir to‘siqlar o‘rnatildi. Bunda vilosipedda harakatlanuvchi shaxslar manfaati ham chetda qolmadi. Ular uchun 12,5 km masofaga velosiped yo‘laklari qurildi.

Albatta, yo‘llarda harakatlanayotganda, avvalo, yo‘l harakati qoidalarini bilish va unga amal qilish lozim. bugungi kunda esa farzandlarimizga bog‘cha va maktab davridanoq yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirda 40 ta maktabda va 25 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida “harakat xavfsizligi sinf xonalari” va 40 ta mahallada “yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari” tashkil etilgan.  

Bu kabi olib borilayotgan ishlarning barchasi yo‘llarda piyodalar va haydovchilarning xavfsiz va bexavotir harakatlanishlari uchun amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA