Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l ta’mirlashdagi talon-torojliklar fosh etildi
12:46 / 2022-08-18

«Bo‘ka tumani yo‘llardan foydalanish» UK mas’ul shaxslari tomonidan tuman hududidagi yo‘llarni ta’mirlashda amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 266,8 mln. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Departamentning Kitob tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Kitob tumani yo‘llardan foydalanish» UK bosh hisobchisi S.K. va boshqalar tuman hududida amalga oshirilgan yo‘llarni ta’mirlash ishlari uchun ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan pullarni smeta hujjatlariga joriy ish haqi sifatida kiritishgan bo‘lsa-da, 176,4 mln. so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zA