Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l talashgan haydovchilarga chora ko‘rildi
11:23 / 2024-09-18

Sardoba tumanidagi "Navro‘z" MFY ma’muriy binosida bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida mast holatda avtomashina boshqargan, gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan, mayda bezorilik qilgan shaxslarga oid ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar ko‘rildi.

Onasi betobligini aytgani uchun yengillik berilganidan o‘ziga xulosa chiqarmasdan bir oy ichida takroran mayda bezorilik qilgan D.K. ga hamda nafaqa yoshida bo‘lsa-da, yoshlarga pand-nasihat qilish o‘rniga yo‘l talashib mayda bezorilik qilgan E.J va S.A ga jazolar tayinlandi.

Sayyor sud majlisi yakunida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining raisi qabul qilingan sud qarorlarining mazmun- mohiyatini, tuman IIB xodimi esa ish sudga yuborilgunga qadar huquqbuzarlikning oldini olish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida tushuntirishlar berib o‘tdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri