Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l, stadion, bandlikka oid masalalar o‘rganildi
17:50 / 2022-09-30

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda.

Deputat Ravshan Mamutov To‘rtko‘l tumani “G‘alaba” va “Navoiy” mahallalari faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla faollari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan uchrashuvda Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, deputat har bir fuqaroning taklif-istaklari bilan qiziqib, ularni qiynayotgan muammolarga ijobiy yechim topishga harakat qildi. Ochiq muloqotlar chog‘ida fuqarolar tomonidan ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat ta’minoti, bandlik, ichki yo‘llarni ta’mirlash, eski sim yog‘ochlarni almashtirish, tumandagi 30-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga zamonaviy futbol, voleybol maydonchalarini qurish va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlar joyida hal etilgan bo‘lsa, uzoq vaqt talab etadiganlari nazoratga olindi.

To‘rtko‘l tumanidagi chekka hududlardan biri bo‘lgan “Qumbosqan” OFYdagi “Yangi Aul” mahalla fuqarolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, aholi ko‘p qatnaydigan “Paxtaobod-Navro‘z” ovul fuqarolar yig‘ini o‘rtasidagi avtomobil yo‘lining 300 metrgacha bo‘lgan qismini asfaltlash, ishsizlik masalasini hal etish, ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy masalalar borligi aniqlandi.

O‘rganishlar davomidagi murojaatlardan kelib chiqib, deputat tashabbusi bilan ko‘plab xotin-qizlar “Agro klaster To‘rtko‘l” MCHJda ishga joylashadigan bo‘ldi.

Deputatning hududdagi o‘rganishlari davom etmoqda.

M.Komilova, O‘zA