English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l qurilishi loyihasi nazoratda
16:23 / 2023-08-22

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov A-380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” xalqaro avtomobil yo‘lining qurilish loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 iyuldagi 462-sonli qaroriga asosan, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida A- 380 “G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu” avtomobil yo‘lining Buxoro viloyati hududidan o‘tgan 150 – 228 kilometr (78 kilometr) qismini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.  Loyiha doirasida qayta qurish ishlari bo‘yicha xalqaro tender savdolari o‘tkazildi. Unda qatnashgan Xitoy Xalq Respublikasining “CRBC va SSSS Third Highway Engineering Co. Ltd” qo‘shma korxonasi ob’ektning sement-beton qoplamasini qurish ishlariga bosh pudratchi etib tayinlangan. Ob’ektning tuproq ko‘tarmasi va asoslarini qurish ishlarida mahalliy pudratchilar qatnashishi ko‘zda tutilgan.  

Loyihaning umumiy qiymati 207,2 million AQSH dollarini tashkil qiladi. Loyiha 2025 yil yakuniga qadar to‘liq yakunlanadi. 

Muloqotda viloyat hokimi loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bartaraf etishda hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Bu borada tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.  

 

Zarif Komilov,

O‘zA