Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilashda Xitoy tajribasi qo‘llanadi
16:21 / 2023-09-11

Prezident tashrifidan so‘ng

Yo‘llar azaldan uzoq-yaqin hududlar va davlatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirib, odamlarning og‘irini yengil qilib kelgan. Davlatimiz rahbarining joriy yil iyun oyida Namanganga tashrifi chog‘ida viloyat yo‘l infratuzilmasini jahon standartlariga moslash, bu orqali turizmni rivojlantirish bo‘yicha ta’kidlagan rejalari bugungi kunda amaliy ijrosini topmoqda.

[gallery-13529]

Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda Xitoyning avtomobil yo‘llari qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchi “China Railway 20TH Bureau Group” kompaniyasi vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan rasmiy muloqotda ayni shu borada fikr almashildi.

– O‘zbekistonda ko‘plab yirik ob’ektlar qurilishida ishtirok etganmiz, – deydi kompaniya bosh muhandisi Son Junszyun. – Yaqin kunlar ichida xalqaro va viloyatlararo qatnovchi transport vositalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilash maqsadida A-380  “Buxoro halqa avtomobil yo‘li”ni qurib, to‘liq foydalanishga topshirish arafasidamiz. Pop-Namangan avtomobil yo‘lini ham xalqaro standartlarga mos qiyofaga keltirish bo‘yicha takliflarimiz bor.  

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida loyiha ishi atroflicha muhokama etildi. Qayd etilganidek, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ayniqsa, bugungi kunda transport vositalarining kundan-kun ortib borishini inobatga olgan holda yangi yo‘llarni barpo etish, parallel ko‘chalarni tashkil qilish borasida ishlar olib borilmoqda. Xususan, “4P-112” avtomobil yo‘lining 0-75 kilometr qismini qurish loyihasi ijrosi natijasida tirbandliklar va kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, 300 dan ziyod mahallalarda yashovchi 1 milliondan oshiq aholi hamda 350 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektiga yanada qulaylik yaratilishiga erishiladi.  

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat),

O‘zA muxbirlari