French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l hodisalari oqibatlaridan ogohlantiruvchi avtokarvon
15:52 / 2025-09-20

Jizzax shahrida yo‘l harakati xavfsizligiga oid targ‘ibot ishlari yanada kuchaytirilib, yo‘l qoidalarini buzish oqibatlarini aks etiruvchi maxsus avtokarvon tashkil etildi.

Ushbu tadbir Jizzax shahar IIB JXX YHXB tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, barcha harakat ishtirokchilarini yo‘ldagi xavfsizlikka diqqat qilib, yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga chaqirishni maqsad qilgan.

– Keyingi yillarda aholi orasida skuter, moped, elektrosamokatlardan ulov sifatida foydalanish borgan sari ko‘payib bormoqda, – deydi Jizzax shahar IIB JXX YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Bekzod Abdullayev. – Ayrim hollarda ushbu transport vositalarini yo‘l qoidalarini mutlaqo o‘rganmagan – yosh bolalar yoki ayollar boshqarishi natijasida yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgani achchiq haqiqat.

Shu bois xodimlarimiz aholi orasida uchrashuvlar o‘tkazib, skuter, moped, elektrosamokatlar ham transport vositasi hisoblanishi, ularda harakatlanganda, albatta, boshqa transport vositalari singari, yo‘l harakati qoidalariga amal qilish shartligi tushuntirilmoqda. Aks holda ko‘ngilsiz holatlar yuz berishi mumkinligi ta’kidlanayapti.

Avtokarvon viloyatda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishni targ‘ib qilish, ehtiyotkorlikka chaqirish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan samarali tadbirlardan biriga aylandi. Ushbu targ‘ibotda maxsus bukletlar va eslatmalar tarqatilib, aholiga yo‘l harakati qoidalariga amal qilishning muhimligi tushuntirildi.

Tadbirning yana bir muhim jihati shundaki, yo‘l harakati xavfsizligiga oid ogohlantirishlar nafaqat haydovchilarga, balki piyodalar va velosipedchilarga ham yo‘lning xavfsizligiga bo‘lgan mas’uliyatni yuklaydi.  

Bundan tashqari, bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalariga qarshi maxsus tashviqot tadbirlari ham olib borildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),  

O‘zA muxbirlari