Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda xususiy sektorga keng imkoniyatlar beriladi
10:32 / 2023-08-15

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, tadbirkorlik sub’ektlari rolini yanada oshirish, ularga bu borada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi. 

Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ishga tushirish muddatini 60 kundan 180 kunga uzaytiriladi.

Dasturiy-texnik vositalar “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilingandan so‘ng ularni o‘n kun davomida sinov tariqasida ishlatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

Yo‘l harakati qoidabuzarliklaridan undirilgan jarima summasi taqsimlanishida tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan imtiyozli davr 1 yildan 2 yilga uzaytiriladi.

Tadbirkorlik auksion savdosida g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi bildirishnomani olgan kundan boshlab 90 kun ichida ob’ektda dasturiy-texnik vositalarni o‘rnatish bilan bog‘liq biror-bir harakat (qurilish-montaj ishlari)ni amalga oshirmasa, kelishuv sud orqali bekor qilinadi.

Dasturiy-texnik vositalar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlardagi xatoliklarning umumiy soni besh va undan ortiq foizni tashkil etgan taqdirda ham tadbirkorlik sub’ektining ob’ektga nisbatan bo‘lgan mulk huquqi sud orqali bekor qilinadi.

O‘zA