Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l harakati xavfsizligiga tizimli yondashuv
18:41 / 2021-10-04

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining Avtonaqliyot sexi (keyingi o‘rinlarda – ANS) tomonidan yo‘l harakati xavfsizligining asosiy ko‘rsatkichlarini hisobga olish va tahlil qilishni ta’minlash, yo‘l -transport hodisalari xavfini kamaytirish maqsadida bir qator profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, belgilangan tartibda yo‘nalishga qo‘yilgan (yo‘nalishdan qaytayotgan) transport vositasini(TV)ning texnik holatini maqsadli tekshirish o‘tkazildi.

Zavodda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqish doirasida raqamli boshqaruv vositalari faol joriy etilmoqda. Ulardan biri – transport vositalarini monitoring qilish tizimi. Korxonaning barcha transport vositalari tahlil va hisobot berish uchun kerakli ma’lumotlar (tezlik, yo‘nalish va h.k.) ni uzatuvchi GPS-navigatsiyasi bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, korxonaning ANS jamoasida, viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi(VYHXB) mutaxassislarini jalb qilgan holda, yo‘l-transport hodisalari sabablari haqida batafsil aytib o‘tilgan baxtsiz hodisalar holati to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkaziladi.

O‘z navbatida, avtotransportda yo‘lovchilar va yuklarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi zavod ATS xodimlarining bilimi, malaka darajasi va kasbga loyiqligi ularning malakasini oshirish orqali aniqlanadi.

Korxona sexida zarur mebel, asbob-uskunalar, texnik va ko‘rgazmali o‘quv qurollari: stendlar, plakatlar va boshqalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari ajratilgan.

Buxoro NQIZda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi iste’molchilarga neft mahsulotlarini xavfsiz, muammosiz va uzluksiz yetkazib berishning zarur elementi hisoblanadi.

Zarif Komilov, O‘zA