Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l harakati madaniyati bog‘cha yoshidanoq shakllantirilmoqda
15:21 / 2025-07-28

FOTOREPORTAJ

Davlatimiz rahbari raisligida joriy yilning 9 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida harakat xavfsizligini ta’minlash, yosh avlodni bu borada ongli va mas’ul etib tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida belgilab berilgan edi. Shu bois, Surxondaryo viloyatida “Xavfsiz yo‘l – xavfsiz bolalik” tamoyili asosida tarbiyaviy va profilaktik faoliyatlar muntazam olib borilmoqda.

[gallery-24496]

Vohadagi 150 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti zarur ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlangan bo‘lib, bolajonlarga yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. O‘g‘il-qizlarga harakat ishtirokchisi sifatida o‘zini qanday tutish kerakligi, svetofor ishoralari, piyodalar yo‘lagi, yo‘l belgilari amaliy vositalar orqali interaktiv tarzda tushuntirilmoqda.

Bu - bolalarning yo‘l harakati madaniyatini bog‘cha yoshidanoq o‘zlashtirishi, kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli. Kichkintoylar harakat qoidalarini o‘yin orqali o‘rganib, oson yod olmoqda.  

Ushbu tashabbus viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA