Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l haqini to‘lash uchun maxsus differensiallashgan tarif tizimi joriy etilishi kutilmoqda
16:38 / 2020-12-11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Shahar jamoat transportida avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish istiqbollari va jamoat transportini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Transport vazirligi tomonidan tashkil etilgan anjumanda qayd etilishicha, 2021 yil yanvar oyidan boshlab yo‘l haqini to‘lash uchun maxsus differensiallashgan tarif tizimi joriy etilishi mo‘ljallanmoqda. Bunda yo‘lovchilar tomonidan 5, 10, 15, 20 va 30 kunlik yo‘lkira to‘lovlari oldindan xarid qilinganda 30 foizgacha chegirmalar berilishi, umumiy foydalanuvchilar uchun ko‘k, nafaqaxo‘rlar uchun qizil, o‘quvchilar uchun sariq, talabalar uchun yashil rangdagi transport kartalarini sotuvga chiqarish rejalashtirilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, avtomatlashtirilgan to‘lov tizimining to‘liq joriy etilishi natijasida “Toshshahartransxizmat” AJ yiliga o‘rtacha 10-15 foiz yoki 39,8 milliard so‘mgacha qo‘shimcha daromad olishi mumkin.

 

Sh.MAMATUROPOVA, O‘zA