Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi
Prezident raisligida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va tirbandlikni kamaytirish bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
O‘tgan oyda ham haydovchilarga qator yengilliklar berildi.
Birinchi bor huquqbuzarlik qilganlarni jazolash emas, ogohlantirish yo‘lga qo‘yildi.
Yo‘l chiziqlarini bosish holatlarini kamera orqali fiksatsiya qilish bekor qilindi.
Jamoat transporti uchun mo‘ljallangan tasmalarda kechqurun boshqa haydovchilar ham yurishiga ruxsat berildi.
arlarda yo‘llarni kunduzi ta’mirlash taqiqlandi.
Radar bor joyda yo‘l belgisini o‘rnatish majburiy bo‘ldi.
O‘zA