English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l chetlarida manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda
18:18 / 2023-03-28

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida ko‘chat ekish, yashil hududlarni barpo etish borasidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish ishlarida viloyatdagi tashkilot, korxona, ta’lim muassasalari, mahallalar, aholi vakillari faol ishtirok etmoqda. Joriy yil bahor mavsumida viloyat bo‘yicha 9 million 578 ming tup mevali, manzarali daraxt, buta ko‘chatlari hamda qalamchalar ekilishi ko‘zda tutilgan.  

[gallery-11174]

Ko‘chat ekish, chor-atrofni obod qilishdek xayrli jarayonda Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tarkibidagi "Andijonyo‘lko‘kalam" unitar korxonasi jamoasi ham faol qatnashmoqda. Shu kunlarda korxona xodimlari tomonidan viloyatdagi umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llari chetlariga qarag‘ay, pavloniya, archa singari turli manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.  

Bahor mavsumida korxona tomonidan 41 ming tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunga qadar 36 ming tupdan ziyod ko‘chat o‘tkazildi. Korxona xodimlari tomonidan yangi ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish, parvarishlash, shuningdek, yo‘l bo‘ylariga avval ekilgan mavjud daraxtlarga kimyoviy ishlov berish ishlari ham sifatli olib borilmoqda.  

F. UBAYDULLAEV, 
Z.UMRZOQOV (surat), 
O‘zA