Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yo‘l chetiga chiqib ketgan avtobus bo‘yicha izoh berildi
15:54 / 2024-01-31

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtda harakatlanayotgan “King Long” rusumli avtobusning yo‘l chetiga chiqib ketgani xususida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni “18-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi “King Long” rusumli davlat raqami 01|148 FKA bo‘lgan, 11-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan haydovchi M.J boshqaruvidagi avtobus Uchtepa tumani TXAY ko‘chasi 18-avtobus saroyi qarshisida yo‘nalishga chiqib ketayotgan vaqtda yog‘ingarchiliklar ko‘p bo‘lgani sababli yo‘l qoplamasi cho‘kib, loyli qatlamida sirg‘anib ketishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan.  

Natijada avtobusning orqa qismi yo‘l chetidagi qiyalikka tushib ketgan va  yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Hodisa vaqtida avtobus salonida yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kimga tan jarohati yetmagan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtobusga ham shikast yetmagan.  

Hozirda avtobus maxsus yuk avtomashinasi yordamida qiyalikdan chiqarilib, yo‘nalishga qayta tasarruf etilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA