Yo‘l bo‘yi servisi Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlari uchun drayver bo‘lishi aytildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilganidek, Angren shahridan To‘raqo‘rg‘on tumanigacha 100 kilometrlik yo‘lda avtomobillar oqimi kuniga 10 mingdan oshadi. Bu yo‘lni ikki tomoni yil davomida jozibali.
Lekin bu yerda odamlarni 2-3 soat ushlab qoladigan loyihalar kamligi qayd etildi. Yo‘l bo‘yi servisi Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on tumanlari uchun drayver bo‘lishi, tadbirkorlar 2,5 trillion so‘m investitsiya kiritib, 10 ming aholini doimiy band qilishga tayyorligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga viloyat hokimligi huzurida alohida direksiya tashkil qilib, master-reja ishlab chiqish va yo‘l bo‘yidagi yerlarni auksionga chiqarish topshirildi.
O‘zA