Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yog‘och quti yasovchi usta ayollar
19:21 / 2024-09-10

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanining Sovjironbobo mahallasida yashovchi Gulsoat Kunarova eksportbob mahsulotlar uchun yog‘och quti (yashik) tayyorlash bilan shug‘ullanadi. 

Tadbirkor mevalar eksporti uchun ishlatiladigan yog‘och qutilardan bir kunda o‘rtacha 200 dona yasaydi. U bilan birga mehnat qilayotgan ayollarning kunlik daromadi esa 150-200 ming so‘mni tashkil etmoqda.

[gallery-19201]

– Yashiklarni aprel oyidan boshlab, noyabr oyiga qadar yasaymiz, - deydi Gulsoat Kunarova. – Doimiy 5, mavsumiy esa 15 nafar ayolning bandligini ta’minlashga erishganmiz. Yog‘och qutilarni olma, shaftoli, limon, nok, uzum, o‘rik mevalari uchun taklif va buyurtmaga qarab yetkazib beryapmiz.

Ayollardan tashkil topgan ustalar guruhi o‘z ishini yaxshi o‘zlashtirgan. Chaqqonlik borasida ularga teng keladigani yo‘q.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA