Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘z talablari mavjud
13:23 / 2025-04-14

Yog‘-moy mahsulotini ishlab chiqarish mamlakatimiz oziq-ovqat sanoatining muhim qismi hisoblanadi. Yog‘-moy sanoati moyli o‘simlik ekinlarini yetishtirish, o‘simlik moylarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, iste’mol qilinadigan va sanoat o‘simlik moylari, xususan, margarinlar, mayonez, glitserin, distirlangan yog‘ kislotalari, yuvish vositalarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, yog‘-moy sanoati qishloq xo‘jaligi uchun yuqori oqsilli ozuqani yetkazib beruvchi tarmoqlardan biridir.

Yog‘-moy mahsulotlarini ishlab  chiqarishning o‘z talablari mavjud bo‘lib, unga ko‘ra, inson hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish va yog‘-moy mahsulotlarining iste’molchilarini chalg‘ituvchi harakatlarning oldini olish, texnik jihatdan tartibga solish qoidalarini amaliyotga joriy etish hamda xavfsizlik talablarini uyg‘unlashtirish kabi vazifalar belgilab berilgan.

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan  yog‘-moy korxonalarida paxta texnik chigitining to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlanishi hamda mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega ekani, qayta ishlab olingan mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiqligi yog‘-moy korxonalari tomonidan ta’minlangani ustidan doimiy nazorat yo‘lga qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, 2025 yil I  choragida o‘tkazilgan o‘rganish davrida 15 ta yog‘-moy korxonasidan 6 tasi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq faoliyat yuritayotgani, 9 ta korxona faoliyati esa muvofiq emasligi aniqlandi.  

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan korxonalarga nisbatan jami 15 ta (9 ta yozma ko‘rsatma, 6 ta ogohlantirish) ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, paxta texnik chigitini qayta ishlash uchun to‘liq texnologik sikl (mag‘izni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlari)ga va qayta ishlab olingan mahsulotlarning sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosaga ega hamda mahsulotlarning texnik reglamentlar va standartlar bilan belgilangan majburiy talablarga muvofiq deb topilgan korxonalar yuzasidan ma’lumotlar Respublika tovar xom-ashyo birjasiga kiritilmoqda.

Bu kabi nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA