French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yog‘-moy korxonalarida 73 ta qonunbuzilishi aniqlandi
16:35 / 2022-03-14

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2021 yilning 15 iyunidan boshlab paxtadan olingan chigit, paxta moyi va qayta ishlangan chigit chiqindilari ichki bozorda faqat birja savdolari orqali, bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinishi belgilangan.

Mazkur qarorning o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan ham zarur choralar ko‘rilmoqda.

– Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan 73 ta yog‘-moy korxonalarida monitoring tadbirlari o‘tkazildi, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi bosh inspektori Bahodir Rahmonov. – Ushbu tadbirlar davomida 51 ta yog‘-moy korxonasi faoliyati yuqoridagi qaror talablariga javob bermasligi, yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda to‘liq texnologik sikllarga amal qilinmayotgani, ishlab chiqarilgan yog‘-moy mahsulotlariga sanitariya epidemiologik xulosa va muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi yuzasidan 73 ta qonunbuzilish holati aniqlandi.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha 55 holatda mutasaddilarga yozma ko‘rsatmalar berildi. 18 holatda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga jo‘natildi.

G‘.Hasanov, O‘zA