Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” mukofotiga sazovor bo‘ldi
15:29 / 2023-09-12

O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbek Milliy drama teatri bosh direktori, rejissyor, aktyor Yodgor Sa’diyev “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Mazkur mukofot Ijodiy va ilmiy ziyolilar forumida ustoz san’atkor Yodgor Sa’diyevga tantanali tarzda topshirildi. 

Shuningdek, Bahrom Norboyev “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Aytish joizki, MDHga a’zo davlatlar ijodiy va ilmiy ziyolilarining XV forumiga o‘tgan yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan edi. 

Bu yil Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan MDH davlatlari ijodkor ziyolilarining xalqaro forumi doirasida o‘zbekistonlik san’at va madaniyat vakillariga ham ushbu mukofot topshirilgani quvonarlidir. 

Aytish joizki, ushbu mukofot 2008 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, 2009 yili ilk bor o‘z sohiblariga taqdim etilgan. Mazkur mukofot madaniyat, san’at, ta’lim, ilm-fan yo‘nalishida samarali ijod qilib kelayotgan, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, MDH mamlakatlaridagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga oid loyihalarda faol ishtiroki uchun beriladi. 

N.Usmonova, 
O‘zA