Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yod preparatlari tarqatilmoqda
12:29 / 2023-09-21

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 28 avgust kuni maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish hamda o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘quvchilar hamda tarbiyalanuvchilarga yod preparatlarini doimiy berib borish amaliyotini joriy etish tashabbus ilgari surilgan edi.

Ana shu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga yod preparatlarini tarqatish bo‘yicha aksiyalar o‘tkazilmoqda.

Shifokorlar, mutaxassislar ishtirokida Andijon shahridagi 50-umumta’lim maktabi hamda 41- sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbirlarda yod preparatlari tarqatilib, o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarga yod mahsulotining inson salomatligini saqlashdagi ahamiyati, foydasi yuzasidan keng tushuncha va ma’lumotlar berildi..Aksiya va yod mahsulotlariga oid o‘quvchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytarildi.

[gallery-13670]

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.