French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoʻlovchi tashuvchi vodorodli samolyot ilk bor havoga koʻtarildi
17:02 / 2020-06-25

Yaqinda HyFlyer vodorod-elektrli gibrid samolyoti Angliyaning Bedfordshiridagi Kranfild aerodromidan ilk bora havoga koʻtarildi, deb yozadi New Atlas.


Yaqinda HyFlyer vodorod-elektrli gibrid samolyoti Angliyaning Bedfordshiridagi Kranfild aerodromidan ilk bora havoga koʻtarildi, deb yozadi New Atlas.

Ushbu samolyot atrof-muhitni ifloslantirmagan holda uzoq masofalarga parvoz qila oladigan uchuvchi apparatlar yaratish boʻyicha dastur doirasida yaratilgan.

HyFlyer ZeroAvia muhandislarining ishlanmasi boʻlib, qazib olinayotgan yonilgʻida emas, balki vodorodli yoqilgʻi sarflagan holda, oʻz bortiga 20 tagacha yoʻlovchi olishi va 800 km.gacha uchishi mumkin.

2023-yilga kelib kompaniya muttasil tijorat parvozlarini yoʻlga qoʻyishni vaʼda bermoqda.

“Sof energiya” ning yozishicha, vodorod-elektrli dvigatellarning aviatsiyada sof elektrli dvigatellarga qaraganda ustun tomoni shundaki, parvozlar mobaynida ogʻir akkumulyatorlarga umuman hojat yoʻq. Shu tufayli koʻpchilik mutaxassislar vodorod-elektrli samolyotlar, akkumulyatorlarda ishlaydiganlaridan koʻra istiqbolli hamda amaliy jihatdan qulay, deb hisoblamoqda.