Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ogohlantiradi!
20:32 / 2019-12-12

Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari! Shu kunlarda respublikamiz hududida ob-havo oʻzgarib, yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda.


Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari! Shu kunlarda respublikamiz hududida ob-havo oʻzgarib, yogʻingarchiliklar kuzatilmoqda.

Ayrim hududlarda esa qalin tuman tushishi oqibatida avtomobil yoʻllarida koʻrinish cheklanmoqda. Bu esa yoʻl harakati qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarishi, yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Biz barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida murakkab ob-havo sharoitini, ayniqsa, tuman tushganligini hisobga olishlarini, zarurat boʻlmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslikni, ayniqsa tezlik talablariga qatʼiy amal qilishlarini, piyodalardan yoʻlni kesib oʻtishda oʻta hushyor boʻlishlarini, kattalardan yoʻllarda bolalarning harakatini nazoratga olishlarini soʻraymiz.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati