Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiya miqdori oshiriladi
16:10 / 2022-02-09

Davlatimiz rahbarining joriy yil 9 fevralda qabul qilingan «Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida soha uchun bir qancha imkoniyatlar joriy etilishi belgilab berildi.

Unga ko‘ra, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan chorvachilik bo‘yicha, shu jumladan, chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etiladi. 

2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiyaning miqdori 2 000 so‘mdan 4 000 so‘mga hamda sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshiriladi. 

Bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi. Chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan respublika byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ozuqa ekinlarini ekish, yig‘ish va ozuqa tayyorlash qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025 yil 1 martga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA