French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yirik savdo komplekslarida maishiy xizmatlar sifati oshmoqda (+video)
17:23 / 2026-01-28

Prezident tashrifidan so‘ng...

Mamlakatimizda yirik savdo komplekslari faoliyatini tashkil etish va u orqali aholiga maishiy xizmatlarni taklif qilishda keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan “Ko‘k saroy“ savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi 3,5 gektarda joylashgan bo‘lib, viloyatda eng yirik savdo va xizmatlarni tashkil etib kelmoqda.

Davlatimiz rahbari 2025 yil 2 dekabr kuni Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Sharof Rashidov tumanidagi "Ko‘ksaroy" savdo majmuasi faoliyati bilan tanishgan edi.

– “Ko‘ksaroy“ kompleksida 300 dan ziyod yangi tadbirkor faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Natijada 800 dan ziyod ish o‘rni yaratildi, deydi mazkur savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi rahbari Aziz Shaymardonov. – Ayni jarayonda ehtiyojmand aholi turmushi ham hisobga olinib, jumladan, 100 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi.  

Yurtimizda iqtisodiy faoliyat rivoji bilan birga uning negizida ma’naviyat, kitobga oshnolikni ta’minlovchi loyihalar rivojiga ham keng imkoniyatlar taqdim etilgan. Savdo va xizmat ko‘rsatish majmuamiz binosining kirish qismida “Sagmouabooks” kutubxona va kitoblar do‘koni tashkil qilingan. Bu yerda aholi kitoblarni bepul o‘qishi yoki sotib olishi mumkin.

Binoning birinchi qavatida  “Korzinka“ , “Gold xaus“ , “Ideya“ kabi yirik savdo tarmoqlari, keyingi qavatlarda esa 250 ta savdo do‘koni tashkil etilgan. Endilikda loyihaning ikkinchi bosqichi sifatida 1 000 ta savdo shoxobchasini o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan uch qavatli “Eko bozor“ quriladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/_YcfKU2JGzo" title="Yirik savdo komplekslarida maishiy xizmatlar sifati oshmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA